Madagaskarda salkam 1 million kishi kuchli qurg‘oqchilik keltirib chiqargan ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
BMT hisobotiga ko‘ra, mamlakatdagi oilalarning 20 foizi faqat yovvoyi mevalar bilan ovqatlanishga majbur bo‘lmoqda. Ko‘pchilik tilanchilik bilan shug‘ullanmoqda, yerini sotmoqda yoki urug‘ qadash uchun kerak bo‘lgan donni yemoqda.
Madagaskar janubi aholisining aksar qismi zaxiralari avgust oyidayoq tugagan, kelgusi hosil esa faqat martda bo‘ladi.
Izoh (0)