21-oktabr, juma kuni Iroqdagi elektr stansiyasiga jangarilar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Uch nafar xudkush elektr stansiyasiga mahalliy vaqt bilan 06:00 da hujum uyushtirdi va Iroq fuqarosi bo‘lgan 12 nafar xodim hamda eronlik 4 nafar texnikni o‘ldirdi”, — deya ma’lum qildi mahalliy rasmiylar vakili.
Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, terakt Iroqning Kirkuk viloyatida amalga oshirildi. Jangarilar muvaffaqiyatsiz yakunlangan shturmdan so‘ng o‘zini portlatib yubordi.
Izoh (0)