AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Las-Vegasdagi debatlar chog‘ida Amerika yadro salohiyati haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
70 million tomoshabindan iborat auditoriya oldida Klinton raqibi Donald Trampga mamlakat yadro quroli nazoratini ishonib topshirib bo‘lmasligini da’vo qilib, bahs qizig‘ida maxfiy ma’lumotni aytib qo‘ydi.
“Buyruq berilganidan buning uchun javobgar shaxslar tomonidan yadro quroli ishga tushirilgunicha 4 daqiqa vaqt o‘tadi”, — deya ma’lum qildi sobiq Davlat kotibi.
Klintonning mazkur bayonoti javob zarbasi vaqti bo‘yicha bunday tafsilotlar himoyalangan ma’lumot ekanligini bildirgan harbiy ekspertlar tanqidiga sabab bo‘ldi.
Demokratlar partiyasi vakilining saylovoldi shtabida Klinton AQSh yadro arsenali yuzasidan hech qanday yangi gap aytmagani, u tomonidan keltirilgan ma’lumot matbuot va ilmiy manbalarda yoritilgani ta’kidlandi.
Izoh (0)