AQSh Mosul shahrini jangarilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyada Turkiyaning ishtiroki ko‘lamini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.
“Turkiya va Iroq Mosuldagi operatsiya masalasida uzil-kesil kelishuvga erishdi. Iroq Turkiyaning rolini tan olishi zarur”, — deya ta’kidladi Pentagon rahbari Eshton Karter Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralardan so‘ng.
Karter AQSh hozirda Turkiyaning Mosul operatsiyasidagi ishtiroki aniq parametrlari ustida ishlayotganini bildirib, Vashington Anqara mazkur operatsiyada faqat harbiy yordam bilan cheklanmasligini istisno etmadi.
Izoh (0)