Filippinda politsiya furgoni Maniladagi AQSh elchixonasi atrofida miting o‘tkazilayotgan chog‘da namoyishchilarga kelib urildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Namoyishchilar yetakchilaridan biri Renato Reyesega ko‘ra, furgon urib yuborganligi sababli kamida 3 nafar namoyishchi talaba kasalxonaga yotqizilgan.
Faollar furgon atrofini o‘rab olib, unga tayoqlar yordamida hujum qilgach, mashinada namoyishchilar tomonga bir necha bor hamla etilgandi. Keyinchalik politsiyachilar AQSh elchixonasi binosidagi muassasa nomi bitilgan taxtachaga qizil bo‘yoq ag‘dargan 23 nafar namoyishchini hibsga oldi.
Izoh (0)