Dunyo bo‘yicha neft narxi yaqin 5 yil mobaynida bir barreli uchun 60 dollardan oshmaydi. Bu haqda Xalqaro valyuta fondining (XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti haqidagi hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’ruzada 2017-yili neftning o‘rtacha narxi bir barreli uchun 43 dollardan 51 dollarga ko‘tarilishi qayd etilgan.
XVJ hozirda kuzatilayotgan neft narxi oshishi tufayli Yaqin Sharqdagi neft eksportchilari kelgusi 5 yil davomida budjet tanqisligi masalasida kamroq muammoga duch kelishi, biroq iqtisodiyotning o‘sishi past darajada qolishini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)