Sleeping in Airports ixtisoslashgan portali jahonning eng yaxshi aeroportini aniqlash maqsadida turli mamlakatlardagi sayohatchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Uning yakuniga ko‘ra, Singapurdagi Changi havo bandargohi birinchi bo‘ldi.
Sayyohlar dam olish hududlarining va samolyotga chiqish oldidan kutish hududidagi o‘rindiqlarning qulayligi, xizmat ko‘rsatish darajasi, ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish muassasalarining mavjudligi, xavfsizlik, tozalik va boshqa jihatlarga asoslanib ovoz bergan.
Sayohatchilar Changi aeroporti xodimlari faoliyati, undagi bepul kinoteatr, narxlari xamyonbop restoran va do‘konlarning ko‘pligiga yuqori baho bergan. Aeroport terminallaridan birining tomida haqiqiy bog‘ va hovuzlar borligi ham ularni juda quvontirishi ma’lum bo‘lgan. So‘rovnoma qatnashchilari Singapur aeroportini ko‘ngilochar bog‘ga qiyoslagan.
Seul ostonasidagi Inchxon aeroporti reytingda ikkinchi bo‘ldi. Uchlikni Tokidagi Xaneda aeroporti to‘ldirgan bo‘lsa, Tayvandagi Taoyuan aeroporti va Myunxendagi Frans-Yozef Shtraus nomli aeroport mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egalladi.
Reytingning o‘nligidan, shuningdek, Yaponiyaning Osaka shahri yaqinidagi Kansay aeroporti, Vankuver xalqaro aeroporti, Xelsinki-Vantaa, Lennart Meri nomidagi Tallin aeroporti va Syurix aeroporti ham kiritilgan.
Izoh (0)