AQShning Fort Kempbell harbiy bazasida xizmat qiladigan askar arilardan qochishga urinish chog‘i halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, tungi bazmdan spirtli ichimlik yoki narkotiklar ta’sirida o‘ta sarhush holatda qaytayotgan askar uchastkalarni obodonlashtirish bo‘yicha kompaniya ofisiga kirishga harakat qilgan, biroq arilar galasiga duch kelgan.
Ulardan o‘zini himoya qilishga urinib, yigit sevgan qizi va qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi. Shundan so‘ng federal trassaga yugurib chiqqan va yo‘lda mashina ostida qolgan. Keyinchalik yana ikki avtomobil uni urib o‘tib ketgan.
Olgan jarohatlari tufayli askar hayotdan ko‘z yumdi. Hozirda toksikologik ekspertiza natijalari kutilmoqda.
Izoh (0)