Malayziyaning 2014-yilda Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz chog‘ida g‘oyib bo‘lgan Boeing 777-200 samolyotini suv ostida qidirish ishlari 2 oyga qoldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Janubiy yarim sharda qish chog‘i kuzatiladigan yomon ob-havo sharoiti tufayli qidiruv ishlari taxminan 2017-yil yanvari yoki fevralida yakunlanadi”, — deya ma’lum qilgan Malayziya, Avstraliya va Xitoy rasmiylari.
Reuters agentligiga ko‘ra, dastlab 120 ming kvadrat kilometr hududdagi qidiruv ishlarini joriy yil oxirida yakuniga yetkazish rejalashtirilgandi.
Izoh (0)