AQSh prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama Oq uyda Italiya bosh vaziri Matteo Rensini qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bu Obamaning Oq uyda davlat rahbari sifatidagi oxirgi rasmiy qabuli. AQSh prezidenti bunga “bir paytning o‘zida ham quvonchli, ham qayg‘uli holat” deya baho berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oq uyda Obama va Rensi uchun taniqli oshpaz Mario Batali boshchiligida tantanali ziyofat uyushtiriladi. Tushlik xonanda Gven Stefanining chiqishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)