Eron sudi ham mamlakat, ham AQSh fuqaroligiga ega tadbirkor Siamak Namoziy va uning otasi Bakir Namoziyni “Amerika bilan hamkorligi” uchun 10 yildan qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kelib chiqishi eronlik bo‘lgan amerikalik tadbirkor Siamak Namoziy hibsga olingani haqida o‘tgan yil oktabrida The Wall Street Journal ma’lum qilgandi. Gazetaga ko‘ra, Crescent Petroleum kompaniyasini boshqarayotgan Namoziy “Eron davlat kompaniyalari ishlariga aralashgani” tufayli qo‘lga olingan va so‘roq qilingan.
Tadbirkorning otasi Bakir Namoziy shu yil fevral oyida qamoqqa olingandi. U nafaqaga chiqqunga qadar BMT Bolalar tashkilotining (YuNISEF) Somali, Keniya va Misrdagi vakili sifatida ishlagandi.
Izoh (0)