• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Tramp hatto respublikachilarning ham g‘ashiga tegmoqda. Uni almashtirish mumkinmi?

    Nima bo‘ldi?

    Respublikachilar Donald Trampdan — partiyaning AQSh prezidentligiga nomzodidan yuz o‘girmoqda, deb yozadi Meduza. Milliarderning ayollar sha’niga bildirgan haqoratli fikrlari bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng, Respublikachilar partiyasining o‘nlab a’zolari (xususan, nufuzli senator Jon Makkeyn ham) uni qo‘llab-quvvatlash haqidagi bayonotlarini qaytarib oldi. Ularning ba’zilari hatto Tramp uchun ovoz bermasligini ham ma’lum qildi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Umuman olganda, yuzaga kelgan hozirgi vaziyatda ularning qo‘lidan boshqa ish ham kelmaydi: AQShdagi prezident sayloviga bir oydan kamroq vaqt qoldi va o‘z nomzodidan xafsalasi pir bo‘lgan respublikachilar yo Tramp prezident bo‘lganidan so‘ng o‘ziga keladi, deb umid qilishi, yoki mag‘lubiyatga rozi bo‘lib, 2020 yilgi saylovlarga tayyorgarlikni boshlashi kerak. Biroq ko‘plab taniqli respublikachilar nomzodning zudlik bilan almashtirilishini talab qilmoqda (Politico shunday talabni qo‘llovchi 38 kishini sanab chiqdi, ular orasida AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays ham bor).

    Qonun bo‘yicha Trampni almashtirish mumkinmi?

    Bu kabi jarayonlarni tartibga soluvchi bir necha hujjat bor — partiyaning ichki nizomlaridan tortib, shtatlarning qonunlari va AQSh Konstitutsiyasigacha. Masalan, AQSh Respublikachilar partiyasi Milliy qo‘mitasi nizomi (.pdf) 9-qoidasiga muvofiq, qo‘mita nomzodni u vafot etgan, saylovda qatnashishdan bosh tortgan yoki boshqa holatlarda almashtirish huquqiga ega.

    Asosiy savol aynan “boshqa holatlar” deganda nimani tushunish kerakligida: aksariyat huquqshunoslar bunday holatlarda gap nomzod tirik bo‘lgan, biroq saylovdan o‘z nomzodini olish haqida qaror qabul qila olmaydigan vaziyatlar haqida boradi, deb hisoblaydi (masalan, nomzod bedarak yo‘qolgan bo‘lsa yoki komada bo‘lsa). Boshqalar esa bu jumlani kengroq talqin qilishga moyil bo‘lib, sudlanganlik yoki partiya qadriyatlaridan keskin chetlanishni ham “boshqa holatlar” sifatida tushunishni taklif qiladi.

    Biroq bunday talqin sud tomonidan qabul qilinishi ehtimoli deyarli nolga teng — Donald Tramp esa unga qarshi 9-qoida qo‘llanadigan bo‘lsa, partiyani sudga berishi tayin. Bu qoida shu vaqtgacha qo‘llanilmagan. Umuman olganda, qoida yo nomzod o‘lsa, yoki o‘z xohishiga ko‘ra saylovdan ketsagina ishlashi mumkin.

    Tramp saylovdan voz kechmoqchimi?

    Yo‘q. Tramp 8-oktabr kuni, yangi mojaro yuz berganidan keyin darhol, jurnalistlar va partiya elektorati buni qanchalik xohlamasin, “HECH QACHON POYGADAN CHIQMASLIGINI” yana bir bor ma’lum qildi.

    Ya’ni, amalda respublikachilarning qo‘li boylog‘liq?

    Unchalik emas, yana bir yo‘li bor. Gap shundaki, 8-noyabr kuni AQSh aholisi nomzod uchun emas, balki saylashga vakil qilingan shaxsga ovoz beradi, u esa xalq xohish-irodasidan kelib chiqib, nomzodga ovoz beradi. Saylashga vakil qilingan shaxslarning ovoz berishi 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va Respublikachilar partiyasi o‘z vakillariga Trampga emas, balki boshqa nomzodga ovoz berish haqida ko‘rsatma berishi mumkin.

    Ayni vaqtda, Trampni byulletenlardan chiqarib tashlash imkoni yo‘q — saylovgacha juda kam vaqt qoldi. Byulletenlar chop etib bo‘lingan va bir qator uzoq uchastkalarga (masalan, okean ortidagi harbiy bazalar va h.k.larga) yetkazib berilgan, bir qator shtatlarda esa muddatidan avvalgi ovoz berish jarayoni boshlangan. Biroq Respublikachilar partiyasi byulletendagi ism hech qanday ahamiyatga ega emasligi haqida saylovchilarga rasman axborot berishi mumkin. Trampga berilgan ovoz boshqa bir respublikachi-nomzodga berilgan ovozga tenglashtiriladi.

    Avval ham shunaqasi bo‘lganmi?

    Ha. Masalan, 1912-yili saylovga bir necha kun qolganida prezidentlikka nomzod Uilyam Taft bilan juftlikda AQSh vitse-prezidentligi uchun kurash olib borayotgan Jeyms Sherman vafot etgan. Saylovchilar prezident saylovida Taft g‘olib chiqsa, Sherman emas, balki Nikolas Batler vitse-prezident bo‘lishini bila turib Taft — Sherman juftligiga ovoz bergan. Biroq, Taft o‘sha saylovda Vudro Vilsonga mag‘lub bo‘lgan.

    Agar Tramp bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa kim bor?

    Bu borada yakdil bir fikr yo‘q, OAVda bir vaqtning o‘zida bir necha salohiyatli nomzodlar tilga olinmoqda. Ular orasida vitse-prezidentlikka amaldagi nomzod Mayk Pens, respublikachilarning 2012-yilgi nomzodi Mitt Romni, Vakillar palatasi spikeri Pol Rayan va prezidentlikka sobiq nomzod, Ogayo shtati gubernatori Jon Keysik bor.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    18.10.2016, 12:30   Izoh (0)   9614
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hillari Klinton nomidan 134 belgili bitta tvitni o‘ylab topish uchun 11 kishi kerak

    18.10.2016, 11:00

    Tailand poytaxtida portlashlarga tayyorgarlikda gumon qilingan erkak qo‘lga olindi

    18.10.2016, 10:03

    Xitoyliklar hashamat buyumlari uchun joriy yilda 120 mlrd dollar sarflashi kutilmoqda

    18.10.2016, 09:42

    Yaman prezidenti isyonchi xusiylar bilan 72 soatli sulh tuzishga rozi bo‘ldi

    18.10.2016, 09:26

    Afg‘oniston vitse-prezidenti general Abdurashid Do‘stum “Tolibon” jangarilari bilan to‘qnashuv vaqtida yaralandi

    17.10.2016, 16:44

    Tailandda qirolning o‘limidan so‘ng qora rangli libos taqchilligi yuzaga keldi

    17.10.2016, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.