Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy isyonchi xusiylar bilan 72 soatli sulh tuzishga rozi bo‘ldi. Tomonlar kelishuviga qarab mazkur muddat uzaytirilishi ham mumkin. Bu haqda Yaman tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Maxlaviy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirning bildirishicha, Hodiy Toiz shahridan qamalning olinishi va rasmiylar vakillarining joylarda sulh shartlari bajarilayotgani monitoringidagi ishtiroki masalasini ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Rasmiylarning bu boradagi munosabati haqida prezident BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoil ul-Shayx Ahmadni ham ogohlantirdi.
Izoh (0)