Xitoyda joriy yili hashamat buyumlariga xarajatlar 3 foizga oshadi va 120,4 milliard dollarga yetadi. Bu haqda Fortune Character tadqiqot agentligi manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Xarajatlar oshishi sur’ati ular 10 foizga ko‘paygan o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan susayadi. Bu mamlakatda iqtisodiy o‘sish pasaygani va buning “lyuks” toifasidagi tovarlarga talabga salbiy ta’sir ko‘rsatgani bilan bog‘liq.
Shunday bo‘lsa-da, xitoylik iste’molchilar hissasiga avvalgidek dunyodagi hashamat buyumlari oldi-sotdisi hajmining deyarli yarmi to‘g‘ri kelmoqda. Ular tomonidan xaridlarning 77 foizi xorijda amalga oshiriladi. Gongkong va Yevropa oliy toifadagi mahsulotlar sotib olishni istagan xitoyliklar uchun ommaviy yo‘nalishlar bo‘lib turibdi.
Izoh (0)