Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik bosqon uloqtiruvchi Tatyana Lisenko–Beloborodovani London–2012 Olimpiadasi oltin medalidan mahrum etdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadasi vaqtida olingan doping namunalari qayta tekshirilganidan so‘ng, 33 yoshli sportchining namunasida taqiqlangan turinabol moddasi aniqlandi.
XOQ Lisenkoni diskvalifikatsiya qilib, London–2012 Olimpiadasining oltin medali, esdalik nishoni va diplomni qaytarishni talab qildi.
Sportchining diskvalifikatsiyasi qaror qabul qilingan zahoti kuchga kirdi.
Izoh (0)