Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li qurilishini maʼlum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, loyiha tanlov asosida ilg‘or kompaniyalar bilan, davlat xususiy sherikchilik asosida mavjud yo‘lga tegmagan holda amalga oshiriladi.
“Bugungi kunda Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Sirdaryo viloyatlarida juda muhim turistik yo‘nalish bo‘lib qolgan Chorvoq—Chimyon zona. Oxirgi paytda juda katta sarmoyalar kiritilib, turistik zona jihatdan rivojlanib borayotgan yo‘l. Lekin bugungi kunda mavjud yo‘l juda tirband holga kelib qolgan.
Prezidentimiz tomonidan mazkur yo‘nalishda ham avtomobil yo‘li qurilishiga doir qaror qabul qilindi. Dastlabki konsepsiyasi taqdimotini o‘tkazdik. Buni ham tanlov asosida ilg‘or kompaniyalar bilan, davlat xususiy sherikchilik asosida mavjud yo‘lga tegmagan holda yangi Toshkent—Chorvoq avtomobil yo‘li qurilishini ham boshlab yuboramiz”, dedi transport vaziri.
Izoh (0)