Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qamoq jazosini o‘tagan Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi prezidenti Uli Xeness yana lavozimini egallaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Klub direktorlar kengashi 64 yoshli Xenessni 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yagona nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil martida Myunxen sudi Xenessni davlatdan 27 million yevro yashirishda ayblab, 3 yil va 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilgandi. U joriy yil fevralida muddatidan avval ozod etildi.
Izoh (0)