“Barselona” klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi Neymar mamlakat hukumatini sudga berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, bunga futbolchi va uning oilasiga nisbatan ochilgan soliqlarga oid jinoyat ishi ma’lumotlari sizib chiqib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Xabar berishlaricha, da’vo Brazilia shahar federal sudiga 17-may kuni kiritilgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yil martida San-Paulu federal sudi Neymarni 2012—2014-yillarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topgan edi.
Sud qaroriga ko‘ra, hujumchi g‘aznaga 46 million yevro to‘lab berishi lozim.
Izoh (0)