Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida IShID ekstremistik tashkiloti jangarilariga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasini amalga oshirish jarayonida AQSh maxsus topshiriqli bo‘linmasi jangchisi o‘ldirildi. Bu haqda 4-oktabr, seshanba kuni Pentagon matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Nangarxar viloyatida IShIDga qarshi operatsiya davomida qo‘lbola portlovchi qurilmaning ishga tushishi oqibatida AQSh maxsus topshiriqli bo‘linmasi jangchisi halok bo‘ldi”, — deyiladi tarqatilgan bayonotda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)