Seulning shimoli-g‘arbiy okrug sudi BMT bosh kotibi Pan Gi Munning qarindoshi Pan Chju Xyonni firibgarlikda aybladi va 590 ming dollar miqdorida jarima to‘lashi haqida hukm chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tergov davomida xalqaro tashkilot rahbarining qarindoshi Qatar hukumati Kyungnam Enterprises kompaniyasiga tegishli binoni sotib olish niyatida ekanligi haqidagi hujjatlarni soxtalashtirishga aloqadorligi tasdiqlandi.
Pan Chju Xyon oldin AQSh investitsiya-tijorat tashkiloti rahbarlaridan biri bo‘lgan va ko‘chmas mulk bo‘yicha kelishuv tuzilishiga ko‘mak bergani uchun pora olishda ayblangandi. Shuningdek, u Kyungnam Enterprises kompaniyasini “aloqalari mustahkamligi”, jumladan, “amakisining nufuzidan Qatar qiroliga ta’sir o‘tkazishda foydalanishi mumkinligi”ga ishontirishga urinishda ayblandi.
Izoh (0)