Rossiya harbiy-desant qo‘shinlari birinchi marta Afrika hududida misrlik hamkasblari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari olib boradi va cho‘lda noqonuniy qurolli guruhlarni yo‘q qilishni mashq qiladi, deb yozadi “TASS” Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.
Ikki mamlakat manyovrlarini 30 dan ortiq davlat vakillari kuzatib boradi. Rossiyalik harbiylar Misrga shu oyda jo‘nab ketishi kerak.
Mashg‘ulotlarda Misr tomonidan parashyut-desant qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirok etadi.
Izoh (0)