Tolibon jangarilari Afg‘onistonning janubiy Hilmand viloyatidagi Nava tumanini egallab oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiylar vakiliga ko‘ra, toliblar 3-oktabr, tongda Navaga hujum uyushtirdi va hududni qo‘lga kiritdi. Jangarilar bilan janglarda tuman politsiyasi boshlig‘i halok bo‘ldi.
Izoh (0)