Bozor ishtirokchilarining OPEK davlatlarining xomashyo qazib olishni muzlatish bo‘yicha kelishuvi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartirishiga shubhasi tufayli 3-oktabr, dushanba kuni neft narxi pasaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bilan 9:55 da dekabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft bahosi 0,4 foizga pasayib, bir barreli uchun 49,97 dollarni tashkil etdi.
Nyu-York tovar bairjasidagi (NYMEX) elektron savdolarda noyabrda yetkaziladigan WTI turidagi neft narxi 0,6 foizga kamaydi va bir barreli uchun 47,93 dollardan iborat bo‘ldi.
Izoh (0)