2-oktabr, Hindiston sobiq bosh vaziri Lal Bahodir Shastrining tug‘ilgan kunida uning Toshkentdagi haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Kultura.uz”.
Tantanali marosimda Hindiston elchisi janob Vinor Kumar, elchixona xodimlari, haykal joylashgan “Nur” mahallasi vakillari, mahalliy aholi qatnashdi.
Lal Bahodir Shastri 1964-yilda Hindiston bosh vaziriga aylangan. Keyingi yilda Ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi boshlangan, yil oxirida Shastrining harakatlari evaziga yarashuvga erishilgan. 1966-yil yanvarida Toshkentda sobiq Ittifoq vositachiligida Hindiston-Pokiston muzokaralari o‘tkazilgan. Ularning natijalariga ko‘ra, 10-yanvarda bu yerda urushga nuqta qo‘ygan Toshkent deklaratsiyasi imzolangan. Ertasi kuni esa Shastri yurak xurujidan vafot etgan.
Toshkentdagi 24-o‘rta maktabga, markazdagi ko‘chalardan biriga Shastri nomi berilgan, shuningdek, xiyobonlardan birida uning haykali qad rostlagan.
Izoh (0)