Futbol bo‘yicha Kamerun terma jamoasi safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblangan Rigober Song insultni boshdan o‘tkazdi. Bu haqda “Camfoot.com” portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 40 yoshli Songning Kamerun poytaxti Yaunde shahridagi uyida sodir bo‘ldi. Sobiq himoyachi shifoxonaga yetkazildi. Hozirda uning holati barqaror deya baholanmoqda.
Rigober Song Kamerun terma jamoasi safida 130 uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol kiritgan. U mamlakat termasi safida to‘rtta (1994, 1998, 2002 va 2010-yillarda) jahon chempionatida ishtirok etgan.
Faoliyati davomida futbolchi Fransiyaning “Mets” va “Lans”, Italiyaning “Salernitana”, Angliyaning “Liverpul” va “Vest Hem”, Germaniyaning “Kyoln” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” va “Trabzonspor” klublarida to‘p surgan.
Izoh (0)