Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari, shuningdek, London Universiteti va Qirollik kolleji shifokorlari ilk bor katta yoshdagi odamning OIVdan davolanib, sog‘ayganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Sunday Times xabar berdi.
OIV infeksiyasidan 44 yoshli britaniyalik sog‘aydi. U virusga qarshi maxsus terapiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 kishidan biri bo‘ldi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, yangi usul OIVni nafaqat virus eng faol bo‘lgan hududlarda, balki butun organizm bo‘ylab kuzatish va yo‘q qilish imkonini beradi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, davo muolajalaridan so‘ng erkakning qonidagi virus juda kam ekanligidan tahlillar salbiy natija ko‘rsatgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, ular taklif qilayotgan davo usuli sinovdan o‘tmoqda va keng joriy etish uchun mo‘ljallanmagan.
Izoh (0)