Liviyaning Sirt shahrida gollandiyalik fotojurnalist Jeron Orlemans halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Belgiyaning jurnalist faoliyat yuritgan Knack gazetasiga tayanib.
Nashr yozishicha, Orlemansning vafoti haqida Liviyada u bilan birga bo‘lgan muharrir Joani le Riyke ma’lum qilgan.
Jurnalist halok bo‘lgan vaziyat haqida aniq tafsilotlar hozircha yo‘q, u snayper tomonidan o‘ldirilgani taxmin etilmoqda.
Nashr ta’kidlashicha, 2012-yilda Orlemans Suriyada jihodchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Izoh (0)