Avstraliya shimolidagi “Kakadu” milliy bog‘ida ayol timsohni shippagi bilan haydab yubordi. Ayol Sharqiy timsohlar daryosi sohilida yetaklab yurgan itga yirtqich qiziqish bildirgandi. Hodisa aks etgan video 2-oktabr, yakshanba kuni YouTube’da joylashtirildi.
Video muallifi, tabiatshunos Lindon Anlezarkning ta’kidlashicha, ayol bunday harakati nechog‘li xavfli ekanligini anglab yetmagan ko‘rinadi.
Ma’lumot uchun, Avstraliyadagi 120 dan ortiq timsoh istiqomat qiladigan mazkur daryoda oxirgi bor 1987-yilda yakuni o‘lim bilan tugagan yirtqichning odamga tashlanishi qayd etilgan.
https://youtu.be/yNPxKfX4ACE
Izoh (0)