O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi 20—24-oktabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etishi haqida “Championat.asia” ma’lumot berdi.
Xitoydagi turnirda Sherzod Boboqulov murabbiyligidagi o‘zbekistonliklar mezbonlardan tashqari Daniya va Islandiya ayollariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi. Buning uchun terma jamoasi 17-oktabr kuni Toshkentdan Xitoyga jo‘nab ketadi.
Mazkur bellashuvlar oldidan tayyorgarlik 3—9-oktabr kunlari Bekobod shahrida olib borilishi aytib o‘tilgan.
Izoh (0)