Eron banklari ushbu mamlakat tarixida birinchi marta kredit kartalarini foydalanishga chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu aholining kengroq xarid qilishiga turtki bo‘lishi kutilmoqda.
Mijozlarga uch turdagi kartalar taqdim etilmoqda. Bular 100, 300 va 500 million riyol (3, 10 va 15 ming dollar) limitga ega kartalardir.
Hozircha kartalarni mijozlariga ikkita bank taqdim etmoqda — Bank Melli Iran va Ayandeh Bank. Birinchi kuni 12 mingdan ortiq kredit kartalari taqdim etilgani aytilmoqda.
Markaziy bank kartalar uchun 18 foiz ustama belgiladi.
Izoh (0)