AQShning Las-Vegas shahridagi qahvaxonada noma’lum erkak kishi otishma keltirib chiqarib, bir kishini ko‘kragidan yaraladi. Jabrlanuvchi olingan jarohatlar tufayli kasalxonada olamdan o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa joyiga yetib kelgan SWAT bo‘linmasi xodimlari otishmani uyushtirgan 40 yoshlardagi erkakni qo‘lga oldi.
Qahvaxonaga kirishda gumonlanuvchi tomonidan ichida portlovchi qurilma borligini aytilgan ryukzak aniqlandi, biroq tekshirilganda buning yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmaga gumonlanuvchi va halok bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)