Rasmiy Damashq mamlakatning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda 26-sentabr, dushanba kuni Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Vazirlar mahkamasi referendumdan so‘ng parlament saylovlari o‘tkazilishi, undan keyin esa Suriyaning yangi hukumati shakllantirilishi zarur ekanligiga qo‘shiladi. Damashq mamlakatning yangi asosiy qonunini tayyorlash bo‘yicha konstitutsiyaviy qo‘mitani tuzadigan kengaytirilgan hukumatni shakllantirishga tayyor”, — deya ta’kidladi Muallim.
Mamlakat rahbarlik tizimlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlar masalasini tilga olar ekan, vazir “rahbariyatning almashtirilishi bir kishining emas, butun Suriya xalqining qarori bo‘lishi lozim”ligini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)