Suriya armiyasi va ko‘ngillilar bo‘linmalari 19-sentabr, dushanba kuni jangarilarning Xama yaqinida, Al-Kabbariya tumanidagi hujumini qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Suriya” telekanali axborotiga ko‘ra, qo‘shinlar dushmanni ortga chekinishga majbur etdi va 25 nafar jangarini yo‘q qildi.
Shuningdek, yirik kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan ko‘plab yo‘ltanlamas avtomobillar ishdan chiqarilgan.
Xama shimolida “Jabhat fath ash-Shom”, “Jund al-Quds” va “Jaish al-Izza” kabi qurollangan guruhlar katta kuch to‘plagan va frontning bir necha qismlarida hukumat qo‘shinlari mudofaa marralarini yorib o‘tgan.
Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi viloyatga qo‘shimcha armiya bo‘linmalarini tashlab, boy berilgan marralarni qaytarib olishga harakat qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)