Daniya harbiy-havo kuchlarining ikki F-16 qiruvchi samolyoti Suriya qo‘shinlarining Dayr-az-Zorda o‘qqa tutilishida ishtirok etgan. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari saytida e’lon qilingan rasmiy bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ikki F-16 qiruvchi samolyoti boshqa davlatlar harbiy-havo kuchlari bilan hamkorlikda mazkur hujumlarda qatnashdi. Agar zarbalarning noto‘g‘ri berilgani tasdiqlansa, Daniya tomoni kechirim so‘raydi”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari 17-sentabr, shanba kuni Suriya armiyasining Dayr-az-Zor shahri yaqinidagi marralariga to‘rtta aviazarba bergani, natijada 62 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, yuzga yaqin kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)