AQShning Nyu-Jersi shtatida yangi portlash kuzatildi, deya xabar bermoqda “Nj.com” portali.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 19-sentabr kuni erta tongda Elizabet temir yo‘l bekati yaqinida qattiq portlash tovushi eshitilgan. Avvalroq o‘sha hududda shubhali buyum aniqlangani xabar qilingan edi.
Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr, shanba kuni Manxetten markazidagi Chelsi kvartalida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi.
Izoh (0)