Shimoliy Koreya MAGATE bilan hamkorlikni boshlashi va BMT hamda agentlik rezolyutsiyalariga rioya etishi lozim. Bu haqda agentlik boshqaruvchilari kengashi yig‘ilishida chiqish qilgan MAGATE bosh direktori Yukiya Amano ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“KXDRni BMT Xavfsizlik kengashi va MAGATEning barcha tegishli rezolyutsiyalarini to‘liq bajarishga chaqiraman. Shimoliy Koreya kechiktirmay agentlik bilan hamkorlikni boshlashi va yechilmagan masalalarni bartaraf etishi zarur”, — deya ta’kidladi Amano.
Eslatib o‘tamiz, 9-sentabr kuni Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi beshinchi yadroviy sinovni o‘tkazdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat tarixidagi eng yirik yadroviy sinov bo‘lgan, KXDR rahbariyati esa endi yadroviy kallaklarni ballistik raketalarga o‘rnata olishini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)