Fransiya markaziy qismidagi qamoqxonada mahbuslarning isyoni bostirildi, hech kim jabrlanmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AFP agentligining Puatye shahri g‘arbidagi Vivon qamoqxonasidagi manbalarga tayanib ma’lum qilishicha, o‘nlab mahbuslar kameralarni tark etgan va tartibsizliklarni boshlagan.
“Ikki mahbus nazoratchidan kalitlarni o‘g‘irlab, barcha eshiklarni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Mahbuslar qamoqxona binolaridan birida yong‘in uyushtirdi va hamma narsani sindirib tashladi”, — deya ta’kidladi muassasaning rasmiy vakili Emmanuel Jiro. Boshqa manbaga ko‘ra, 60 nafarga yaqin mahbus kameralariga qaytishdan bosh tortdi.
Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etdi. Besh soatga cho‘zilgan isyon chog‘i hech kim jabrlanmagani, hozirda tartib tiklangani bildirilmoqda.
Izoh (0)