BMT va Xalqaro qizil xoch vakillari “Layonrok” to‘foni tufayli Shimoliy Koreya gumanitar fojia yoqasiga kelib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, mamlakat hukumati 133 kishi halok bo‘lganini tan olgan, shuningdek, 400 kishi bedarak ketgan. Bundan tashqari, hosilning bir qismi yo‘q bo‘lib ketgan, mahalliy aholi vakillari o‘z uylaridan ayrilgan.
“Layonrok” to‘foni KXDRda keng miqyosli toshqinlarni keltirib chiqargani aytilmoqda.
Izoh (0)