Daryo

KXDRda suv toshqini oqibatida 133 kishi qurbon bo‘ldi

Yana 140 ming kishi tez yordam ko‘rsatilishiga muhtoj

1 daqiqa o‘qish16 298 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

Shimoliy Koreyada suv toshqini oqibatida 133 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat hukumatiga tayanib, BNO News xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Global Look Press

Yana 140 ming kishi tez yordam ko‘rsatilishiga muhtoj. Hukumatning ma’lum qilishicha, 395 kishi bedarak yo‘qolgan deb qayd etilgan. Suv toshqini 107 mingga yaqin KXDR aholisining turar joyini vayron qildi.

Ijtimoiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining ma’lumotlariga qaraganda, suv toshqinidan eng ko‘p Xamgen-Pukto provinsiyasiga zarar yetgan. Mazkur provinsiya Xitoy bilan chegarada joylashgan. Oltitadan ortiq okrugda suv yetkazish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Suv toshqini KXDRga “Layonrok” to‘foni oqibatida yopirildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar