Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) maxsus xizmatlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Xitoy elchixonasi yaqinida yuz bergan teraktga kelib chiqishi Tojikiston, Xitoy va Rossiyaga taqaladigan shaxslar aloqador ekanligini aniqladi. Bu haqda Olmaotada Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktorining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Bishkekdagi teraktga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar ShHT maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda. Bu ishda Tojikiston, Xitoy va Rossiya izlari ko‘rinmoqda”, —deya ta’kidladi Smirnov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyning Bishkekdagi elchixonasida terakt amalga oshirgan xudkushning shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)