Braziliya palamenti quyi palatasi sobiq raisi Eduardu Kunya deputatlik mandati, shuningdek, yaqin 8 yil davomida davlat lavozimlarini egallashdan mahrum etildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Paplamentning maxsus yig‘ilishida shunday qaror chiqarilishini 450 nafar deputat yoqladi, 10 kishi qarshi chiqdi. Kunya mamlakatning sobiq prezidenti Dilma Russeffga nisbatan impichment tashabbuskorlaridan biri bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Braziliya oliy sudi may oyida Kunyani Shveysariyadagi maxfiy hisob raqamlari borasida tekshiruv o‘tkazishga xalaqit berishga uringani uchun Kunyani bir ovozdan lavozimdan chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Spiker Petrobras davlat neft kompaniyasi shartnomalari uchun 5 million dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)