AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Donald Tramp raqibi — demokrat Hillari Klinton 20 ming kishi o‘tirgan zalda birovni otib qo‘ysa ham jazosiz qolishini aytdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“U shu qadar himoyalanganki, hoziroq sahnaga chiqib, 20 ming kishidan birining yuragiga otishi mumkin, lekin shunda ham u jazolanmaydi, shunday emasmi?”, — dedi milliarder tarafdorlarining Floridadagi mitingida.
“Mamlakatimizda aynan shunaqa bo‘ldi”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)