Ikki amerikalik alpinist Pokiston shimolidagi tog‘lardan biriga chiqish paytida bedarak ketdi. Bu haqda, GEO TV’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSh fuqarolari Kayl Dempster va Skott Adamson avgust oyining oxirlarida Gilgit-Baltiston viloyatining Chotkoi muzligida asosiy qarorgoh qurib, 7 ming metrlik toqqa chiqishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Ammo 22-avgust kuni, alpinistlar balandlikka ko‘tarila boshlaganidan so‘ng, ular bilan aloqa yo‘qolgan.
Qutqaruvchilarning sportchilarni topish borasidagi harakatlari hozircha samara bermadi. Ayni paytda ob-havo sharoitlarining yomonlashuvi tufayli qidiruv operatsiyasi to‘xtatildi.
Izoh (0)