Iordaniya harbiy xizmatchilari 1-sentabr, payshanba kuni Suriya bilan chegarada jangarilar guruhi yo‘lini to‘sdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
OAVga ko‘ra, to‘qnashuv Suriyaning Deraa shahri janubi-g‘arbidagi Tell-Shahob tumanida ro‘y berdi. Chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan jangarilar “Jabhat fath ash-Shom” (sobiq “Jabhat an-Nusra”) guruhiga mansub bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Iordaniya qirollik qurolli kuchlari tomonidan mamlakatning Suriyaga yaqin tumanlari “yopiq harbiy hudud” deb e’lon qilingan.
Izoh (0)