Xitoy Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘lganidan qattiq ta’sirlandi. Bu haqda mamlakat TIV vakili Xua Chunyin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasiga portlovchi qurilmasi bo‘lgan avtomobil yordamida hujum uyushtirildi. Buning oqibatida uch nafar xodim jarohat oldi. Biz bu zo‘ravonlik ko‘rinishidan qattiq ta’sirlandik. Xitoy TIV zarur barcha favqulodda choralarni ko‘rmoqda, qirg‘iz tomoni bilan ham doimiy aloqadamiz. Bishkekdan mamlakatimiz fuqarolari va muassasalarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini so‘raymiz”, — deya ta’kidladi Xua Chunyin.
30-аvgust, seshanba kuni noma’lum shaxs Mitsubishi mashinasida Xitoyning Bishkekdagi elchixonasi darvozasini buzib kirishga harakat qildi, shundan so‘ng portlash ro‘y berdi. Terakt tufayli elchixona binosi, shuningdek, yaqin atrofdagi uylarga jiddiy zarar yetdi. Avtomobil salonidagi shaxs voqea joyida halok bo‘ldi.
Izoh (0)