Yevroittifoq G20 sammitida Buyuk Britaniya bilan yangi sheriklikni muhokama etishga tayyorligini bildiradi. Bu haqda Yevroittifoqdagi diplomatik manba ma’lum qildi. Uning aytishicha, Brexit ikki tomon birinchi galda muhokama etishi zarur bo‘lgan mavzu, deya xabar beradi “TASS”.
“G20 sammitida hamkorlarimizni Buyuk Britaniya bilan sheriklik uchun yangi shakllarni yaratish borasida barcha imkoniyatlarni ishga solishimizga ishontirishga harakat qilamiz. Vazifamiz — mazkur niyatimizni aniq-tiniq yetkazishdan iborat”, — deya ta’kidladi manba.
Ma’lumot uchun, G20 sammiti Sharqiy Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi ma’muriy markazi Xanchjouda 4—5-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)