AQSh Federal qidiruv byurosi, go‘yoki, AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lgan Massachusets fuqarosini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Fox News.
40 yoshli gumonlanuvchi, Jozef Gargyulo 27-avgust kuni hibsga olingan. Tintuv vaqtida uyidan katta qurol-yarog‘ zaxirasi, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar topildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gargyulo ko‘p marta Obamani o‘zi ta’tilda vaqt o‘tkazadigan Martas-Vinyarddagi golf maydonida o‘ldirish istagini bildirgan. Shuningdek, u, go‘yoki, maxsus xizmatlar xodimlariga va musulmonlarga hujum qilmoqchi bo‘lgan.
Hujjatlarda gumonlanuvchining ruhiy xasta ekanligi tilga olingan. U, xususan, AQShda tez orada harbiy holat e’lon qilinishiga ishonchi komil. Shuningdek, Gargyulo steroidlar qabul qilishi taxmin etilmoqda.
Erkak qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni noqonuniy ravishda saqlaganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)