Xitoy matbuot, matbaa, radio, kino va televideniye davlat boshqarmasi mamlakat OAVlarida yangiliklar mazmuni ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda 29-avgust kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Boshqarma ko‘rsatmasida yangiliklarda mavjud mafkura va “ijobiy energiya” ustunlik qilishi zarurligi ta’kidlangan. OAVlarga “o‘rinsiz hazillar”, “mumtoz namunalarni tahqirlash” va “g‘arbiy hayot tarzini ortiqcha ko‘klarga ko‘tarishdan” tiyilish buyurilgan.
Hujjatda, shuningdek, “yulduzlar”, jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali tanilgan shaxslar, badavlat kishilarga haddan ziyod ko‘p e’tibor qaratish, shaxsiy hayot, oilaviy munosabatlar va tortishuvlardan sensatsiya yasash tavsiya etilmagan.
Mazkur ko‘rsatma OAVlarning barcha turiga tegishli bo‘lib, unga rioya etmaganlarga litsenziyani qaytarib olishgacha bo‘lgan jazolar qo‘llanishi bildirilgan.
Izoh (0)