Fransiya iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron iste’foga chiqib, 2017-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu boradagi rasmiy bayonot tez orada beriladi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Le Point jurnali axborotiga ko‘ra, Makron iste’fo haqidagi bayonotini bir muddat ilgari tayyorlagan bo‘lib, oxirgi vaqtga qadar buni sir saqlagan. 29-avgustdan esa u Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan bu borada maslahatlashuvlarni boshlagan.
Yaqin soatlarda 38 yoshli Makron o‘z boshqaruvidagi vazirlik devonida yig‘ilish o‘tkazib, xodimlariga qarorni oshkor qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)