Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri va Dubay amiri shayx Muhammad to‘satdan amalga oshirilgan tekshiruvdan so‘ng 9 nafar yuqori martabali amaldorni bo‘shatishga buyruq berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Yakshanba kuni ertalab shayx Muhammad davlat idoralari, jumladan, yer munosabatlari, iqtisodiy rivojlanish departamentlari, shuningdek, Dubay aeroportiga qo‘qqisdan tekshiruv bilan keldi. Amirlikda ko‘plab boshqa musulmon davlatlari kabi juma dam olish kuni hisoblanadi, ish haftasi esa yakshanbadan boshlanadi.
Bir qator ofislarda bo‘lgan shayx ulardan ayrimlari bo‘m-bo‘sh ekanligiga guvoh bo‘ldi. Ertasiga u 9 nafar mansabdorni bo‘shatishga buyruq berdi. Ular orasida huquqiy masalalar departamenti ijrochi direktori, ma’muriyat apparati direktori, bosh direktor o‘rinbosarlari va yordamchilar bor.
Izoh (0)